Том 9 № 0009 (2025): "Green Investments and financial technologies: opportunities and challenges for Uzbekistan" International Scientific and Practical Conference

O‘zbekistonning yashil iqtisodiyotga o‘tishi, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida yangi imkoniyatlar yaratadi. Yashil investitsiyalar, ayniqsa, qayta tiklanuvchi energiya manbalariga, ekologik toza texnologiyalar va innovatsion yechimlarga qaratilgan sarmoyalar orqali amalga oshirilishi mumkin. Bu esa nafaqat iqtisodiy o‘sishni ta'minlaydi, balki yangi ish o‘rinlarini yaratish, ekologik muammolarni hal qilish va xalqaro hamjamiyatda O‘zbekistonning obro‘sini oshirishga xizmat qiladi.
Ushbu konferensiya, aynan shu masalalarni muhokama qilish va yechimlar taklif etish maqsadida tashkil qilinib unda Yashil investitsiyalarning global tendentsiyalari, ularni
O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari;
Moliyaviy texnologiyalar va ularning iqtisodiy taraqqiyotdagi roli;
Barqaror rivojlanishga erishishning innovatsion yondashuvlari;
Yashil iqtisodiyotga o'tishda xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha expertlar, professor-o‘qituvchi va ekspert, izlanuvchilar, magistr va talabalarning ilmiy-amaliy tadqiqotlari natijalari yoritilgan.
To‘plamga kiritilgan tezislardagi ma’lumotlarning haqqoniyligi va iqtiboslarning to‘g‘riligiga mualliflar mas’uldir.