BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA INTERFAOL METODLAR ASOSIDA TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH (Zomin shahri 75-umumiy o‘rt ta’lim maktabida olib borilgan amaliyot asosida)

Авторы

  • Fotima Islamova Xalqaro Nordik universiteti
  • Fotima Hoshimova Xalqaro Nordik universiteti

Аннотация

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanishning didaktik imkoniyatlari hamda ularning ta’lim samaradorligiga ta’siri empirik tadqiqot asosida tahlil qilingan. Tadqiqot Jizzax viloyati Zomin shahri 75-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan pedagogik amaliyot jarayonida amalga oshirildi. Tadqiqot doirasida interfaol metodlar (“aqliy hujum”, kichik guruhlarda ishlash, rolli o‘yinlar, savol-javob) asosida tashkil etilgan darslarning o‘quvchilarning bilish faolligi, mustaqil fikrlash qobiliyati va kommunikativ ko‘nikmalariga ta’siri o‘rganildi. Kuzatuv va pedagogik monitoring natijalari interfaol yondashuv qo‘llanilgan darslarda o‘quvchilarning faolligi o‘rtacha 20-25% ga oshganini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish darajasi yetarli emasligi hamda o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligida muayyan kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari interfaol metodlarning boshlang‘ich ta’limda samarali pedagogik vosita ekanligini tasdiqlaydi va ularni tizimli joriy etish zarurligini asoslaydi. Maqolada ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Библиографические ссылки

1. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. -Toshkent, 2020.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim sohasini rivojlantirishga oid qarorlari va farmonlari. – Toshkent, 2019–2023.

3. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. – Toshkent: Iste’dod, 2008.

4. Tolipov O‘., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalar: nazariya va amaliyot. – Toshkent: Fan, 2005.

5. Yo‘ldoshev J., Usmonov S. Pedagogik texnologiya asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2004.

6. Azizxo‘jayeva N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent, 2006.

7. Saidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Moliya, 2003.

8. Qodirov B. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi. – Toshkent, 2010.

9. Sh, I. F., & Vaniyan, S. B. (2021). The role of parents in forming spiritual education on the basis of creative approaches. current research journal of pedagogics, 2(12), 162-165.

10. Islomova, F., & Fayozova, F. (2021). Family traditions in vocational guidance, a guarantee of preparing young people for independent living. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(10), 34-38.

11. Fayazova, F. S. H., Otajonova, O. A., & Islamova, F. S. H. (2021). The role of art therapy in the formation of healthy living skills in adolescents.

12. Vokhidova, N. K., Khalikova, Z. M., Islamova, F. S., & Abdulkhayeva, M. B. (2024). Organization Of The Educational Process In Primary Education With The Participation Of Artificial Intelligence. Educational Administration: Theory and Practice, 30(4), 1906-1909.

13. Xabibullayevna, V. N., Mirakbarovna, F. D., Mirshadmanovna, X. Z., Shamsuddinovna, I. F., Saydulllayevich, N. M. B. R., & Sayfutdinqizi, F. K. (2025). Application of game technologies in education: in the context of uzbekistan. Lex Localis: Journal of Local Self-Government, 23.

14. Вохидова, Н. Х., & Халикова, З. М. (2016). Формирование толерантности у учеников начальных классов. Журнал научных публикаций аспирантов и докторантов, (6), 70-71.

15. Otajonova, O. A., Islamova, F. S., Fayazova, F. S., & Nematov, B. S. (2022). The Influence Of Parental Relationships On Adolescent Gender Identity. Journal of Positive School Psychology, 6(10).

16. Islamova, Fotima. "Sun'iy intellekt davrida ta'lim va ijtimoiy fanlar: bilimdan kompetensiyaga o‘tishning yangi modeli." Maktabgacha va Maktab Ta’limi Jurnali, 2 Dec. 2025, doi:10.5281/zenodo.18103203.

17. www.ziyonet.uz

18. www.edu.uz

Загрузки

Опубликован

2026-04-21

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

1 2 > >>