SUNʼIY INTELLEKT TIZIMLARIDA ALGORITMIK TAFSIVNING FOYDALANUVCHI ONGIGA TAʼSIRI: KOGNITIV TARAFKASHLIK VA AXBOROT FILTRI FENOMENI

Авторы

  • Shohruh Shodiboyev Xalqaro Nordik universiteti

Аннотация

Ushbu maqolada algoritmik tavsiyalar va kognitiv tarafkashlik oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik tahlil qilinadi. Sunʼiy intellekt asosidagi algoritmik tizimlar foydalanuvchilarga axborotni ularning qiziqishlari va ilgari qabul qilingan qarashlariga mos holda taqdim etadi. Bu jarayon qulaylik yaratish bilan birga, inson tafakkurida tasdiqlovchi tarafkashlik (confirmation bias), birinchi axborotga yopishish (anchoring effect) va ramka effekti (framing effect) kabi kognitiv ogʻishlarni kuchaytiradi. Tadqiqot Nordik universitetining 1–3 kurs talabalari oʻrtasida oʻtkazilib, 100 nafar respondent ishtirok etdi. Eksperimental usulda turli algoritmik axborot oqimlari bilan tanishtirilgan uch guruh talabalarning qaror qabul qilishdagi tafovutlari oʻrganildi. Cognitive Reflection Test (CRT), Framing Bias Scale va Media Literacy Scale metodikalari yordamida oʻlchovlar amalga oshirildi. Natijalar shuni koʻrsatdiki, algoritmik filtrlash talabalarda tanlov erkinligini kamaytirib, mavjud eʼtiqodlarni mustahkamlovchi kognitiv ogʻishlarni kuchaytiradi. Shuningdek, media savodxonlik darajasi yuqori boʻlgan talabalar algoritmik tarafkashlik taʼsiriga kamroq berilishi aniqlangan. Maqola algoritmik tizimlarning psixologik oqibatlarini tahlil qilib, kognitiv ogʻishlarni kamaytirish boʻyicha tavsiyalarni ilgari suradi.

Библиографические ссылки

Pariser, E. (2011). The Filter Bubble: What the Internet Is Hiding from You. Penguin Press. URL:https://en.wikipedia.org/wiki/Filter_bubble#:~:text=The%20term%20filter%20bubble%20was,implications%20for%20civic%20%2087

Sunstein, C. R. (2009). Republic.com 2.0. Princeton University Press. URL:https://www.frontiersin.org/journals/psychology/articles/10.3389/fpsyg.2025.1563592/full

Stanovich, K. E., & West, R. F. (2018). The Rationality Quotient: Toward a Test of Rational Thinking. MIT Press.). URL:britannica.com/science/confirmationbias#:~:text=confirmation%20bias%2C%20people’s%20tendency%20to,relevant

Frederick, S. (2005). Cognitive Reflection and Decision Making. Journal of Economic Perspectives, 19(4), 25–42.

Tversky, A., & Kahneman, D. (1974). Judgment under Uncertainty: Heuristics and Biases. Science, 185(4157), 1124–1131.

Kahneman, D. (2011). Thinking, Fast and Slow. Farrar, Straus and Giroux.

Загрузки

Опубликован

2025-10-20