Buyuk Ipak Yo'li
Keywords:
Buyuk Ipak Yo'li, Markaziy Osiyo Buyuk Ipak Yo'lining markazi, G'arb va SharqAbstract
Buyuk Ipak yoʻli – qadimda sharq bilan gʻarbni boʻgʻlab turgan savdo yoʻli, insoniyat rivojlanishi
tarixining, uning birlashuvga hamda madaniy qadriyatlari bilan almashishga, hayotiy fazo-yu
mahsulotlarni sotish uchun bozorlarga erishishga intilishining oʻziga xos boʻlgan hodisasi. Dengiz, okean
yoʻllari ochilmasdan oldin bu yoʻllar muhim ahamiyat kasb etgan.
Sharqda aytiladigan naqlga qaraganda: „Oʻtirgan – boʻyra, yurgan – daryo“. Harakatlanish – bu hayotdir,
sayohat qilish, jahongashtalik doimo taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi boʻlgan edi. Insoniyat
tarixida eng ulkan boʻlgan ushbu qitʼalararo savdo yoʻli Yevropa va Osiyoni bir-biriga bogʻlab, oʻtmishda
antik Rim davlatidan to Yaponiyaning qadimgi poytaxti Nara shahrigacha choʻzilgan edi. Albatta, sharq va
Gʻarb oʻrtasidagi savdo oʻtmish qaʼriga choʻkkan qadim-qadim zamonlardan beri olib borilar edi, lekin bu
kelgusida bunyod etilgan Buyuk yoʻlning aloxidagi qismlari edi. Savdo aloqalari hosil boʻlishiga Markaziy
Osiyo togʻlarida yarim qimmatbaho toshlar –Sharqda nihoyatda qadrlangan lazurit, nefrit, aqiq,
feruzalar qazib chiqariladigan konlarni topib, qazib olish koʻp jihatdan koʻmaklashgan. Masalan, Markaziy
Osiyodan Eronga, Mesopotamiyaga va hatto Misrga lazurit toshi yetkazib beriladigan „lazurit yoʻli“
mavjud edi. U bilan bir paytda „nefrit yoʻli“ ham tarkib topgan, bu yoʻl Xotan va Yorkend tumanlarini
Shimoliy Xitoy mintaqalari bilan bogʻlar edi. Bundan tashqari, Old Osiyo mamlakatlariga Soʻgʻdiyona va
Baqtriya davlatlaridan aqiq toshlari olib ketilar edi, Xorazmdan esa feruza keltirilgan. Bu yoʻnalishlarning
barchasi oxir-oqibat Buyuk Ipak yoʻliga kirib mujassamlashgan. Markaziy Osiyodan Gʻarbga va Janubga
oʻtkazilgan karvon yoʻllarini hamda Xitoydan Sharqiy Turkistonga olib boradigan yoʻllarni oʻzaro bogʻlab
bergan buyuk yoʻlning haqiqiy boshlanishini tarixchilar eramizdan avvalgi ikkinchi asrning oʻrtalarida, deb
hisoblaydilar, oʻsha davrda xitoyliklar uchun ilk bora Gʻarb oʻlkalari.
References
Nurmuhamedova, M. (2024). BUYUK IPAK YO'LI TARIXI VA MADANIY ALMASHUVLAR. PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH, 1(6), 137-140.
Rasul o’g, T. Y. Y. (2024). BUYUK IPAK YO ‘LI VA O ‘ZBEKISTONNING ROLI. INTELLECTUAL EDUCATION TECHNOLOGICAL SOLUTIONS AND INNOVATIVE DIGITAL TOOLS, 3(32), 247-250.
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 Usmonjon Alimukhamedov

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.
Litsenziya shartlari
Bu ish Creative Commons Attribution-NoCommercial 4.0 xalqaro litsenziyasi ostida litsenziyalangan. Ushbu litsenziya nusxasini koʻrish uchun http://creativecommons.org/licenses/by-nc/4.0/ saytiga tashrif buyuring yoki Creative Commons, PO Box 1866, Mountain View, CA 94042, AQShga xat yuboring.
Ushbu litsenziyaga muvofiq, siz:
Ulashish — materialni istalgan vosita yoki formatda nusxalash va qayta tarqatish
Moslashtiring - remiks qiling, o'zgartiring va materialga asoslang
Litsenziya shartlariga rioya qilgan holda litsenziar ushbu erkinliklarni bekor qila olmaydi. Quyidagi shartlar asosida:
Atribut - Siz tegishli kredit berishingiz, litsenziyaga havolani taqdim etishingiz va o'zgartirishlar kiritilganligini ko'rsatishingiz kerak. Siz buni har qanday oqilona yo'l bilan qilishingiz mumkin, lekin litsenziar sizni yoki sizning foydalanishingizni ma'qullashini taklif qiladigan tarzda emas.
Notijorat - Siz materialdan tijorat maqsadlarida foydalana olmaysiz.
Hech qanday qo'shimcha cheklovlar yo'q - Siz boshqalarga litsenziya ruxsat bergan har qanday harakatni qonuniy ravishda cheklaydigan qonuniy shartlar yoki texnologik choralarni qo'llay olmaysiz.