ALISHER NAVOIY G‘AZALLARINING XIX ASR BAYOZLARIDAGI AHAMIYATI

Авторы

  • Sitora Shomurodova Xalqaro Nordik universiteti

Аннотация

Mazkur maqolada Alisher Navoiy ijodining XVIII–XIX asr bayozlarida aks etishi, shuningdek, Xiva adabiy muhiti vakili Roqim ijodi bilan uzviy bog‘liqligi tahlil etilgan. Tadqiqot davomida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan 11432/1 inventar raqamli bayozning tarkibi o‘rganilib, unda Navoiy, Jomiy, Bedil, Fuzuliy, Roqim kabi mashhur shoirlarning asarlari jamlanganligi aniqlangan. Bayozdagi Navoiy g‘azallarining devon nusxalari bilan solishtirilishi natijasida ayrim leksik va uslubiy farqlar aniqlangan bo‘lib, bu hol kotiblarning ijodiy yondashuvi va matnning yoddan ko‘chirilganini ko‘rsatadi. Maqolada, shuningdek, Roqimning Alisher Navoiy g‘azaliga taxmis tarzida bog‘langan, fan uchun noma’lum bo‘lgan muxammasi ilk bor aniqlanib, tahlilga tortilgan.  Maqola bayozlarni qo‘lyozma manba sifatida o‘rganish, ularning matnshunoslik va manbashunoslikdagi o‘rnini belgilash orqali Navoiy merosini yanada chuqurroq tadqiq etish zarurligini asoslaydi. Tadqiqot natijalari o‘zbek mumtoz adabiyotining izchil taraqqiyot zanjirini tiklash va Alisher Navoiy ijodiy maktabining keyingi asrlardagi ta’sirini yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Библиографические ссылки

Bayoz. — O‘zbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondi, inv. № 11432/1. – Eski o‘zbek yozuvida.

Исҳоқов Ё. Баёз ва баёзчилик тарихи // “Ўзбек адабиёти тарихи масалалари” тўплами. Тошкент, 1976. Б.78-101

Erkinov, A. Qo ‘lyozma bayozlarga oid ayrim mulohazalar. // Oltin bitiglar. –2024. – 2-сон. – Б.4-28

Shukurova Z. Bayoz an’anasi va uning adabiy jarayondagi ahamiyati // Til va adabiyot ta’limi, – 2022. – 2-son. – B. 10-13

Навоий, Алишер. Муқаммал асарлар тўплами. Бешинчи жилд. Бадоеъ ул-васат. – Тошкент: Фан, 1990. – 528 б.

Навоий, Алишер. Муқаммал асарлар тўплами. Бешинчи жилд. Ғаройиб ус-сиғар. – Тошкент: Фан, 1988. – 575 б.

Шомуродова, С. Х. (2020). Традиция создания девона в современной узбекской литературе. in профессионал года 2020 (pp. 40-45).

Загрузки

Опубликован

2025-10-20

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

1 2 > >>