MUSIQA VA RITMIK HARAKATLAR ORQALI BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA IJODIY FIKRLASH VA IJTIMOIY KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH

Авторы

  • Sayyora Haytbayeva Xalqaro Nordik universiteti
  • Feruza Muminova Xalqaro Nordik universiteti

Аннотация

Ushbu maqolada musiqa va ritmik harakatlarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijodiy fikrlash va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi – musiqiy-ritmik mashg‘ulotlarni ta’lim jarayoniga integratsiyalash orqali o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, emotsional barqarorlik va ijtimoiy hamkorlikni shakllantirish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Metodologiya sifatida ilmiy adabiyotlar tahlili, kuzatish, suhbat va so‘rovnomalar qo‘llanildi, shuningdek 4-sinf o‘quvchilari bilan musiqiy mashg‘ulotlar tashkil etilib, unda ijodiy ritmik improvizatsiya va harakat orqali hikoya qilish metodlari sinovdan o‘tkazildi. Dastlabki natijalar mazkur yondashuvlar o‘quvchilarning mustaqil qaror qabul qilish, ijodiy tasavvur va guruhda hamkorlik qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatmoqda. Maqola yakunida boshlang‘ich ta’limda musiqiy-ritmik mashg‘ulotlarni tizimli joriy etish hamda o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

 

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2019). PF-5847-son Farmon: Ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. Toshkent.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2020, 6-noyabr). Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida qaror. Toshkent.

Forobiy, A. N. (2004). Katta musiqa kitobi. Toshkent: Fan. B. 43–44.

Haytbayeva, S. R. (2025). STEAM yondoshuvining tabiiy fanlarni o‘qitishdagi ahamiyati. International Conference of Science & Technology, B.38–43.

Kucherova, O. Yu. (2016). Музыкально-ритмическое воспитание. Могилев: МГУ имени А.А. Кулешова.

Ortiqov, T. (2010). Musiqa metodikasi: O‘quv-uslubiy qo‘llanma. Toshkent: B.27-34.

Sharipova, G. (2008). Musiqa va uni o‘qitish metodikasi. Toshkent: B.37-41.

Sharipova, G. M., Asamova, D. F., & Xodjayeva, Z. I. (2014). Musiqa o‘qitish nazariyasi, metodikasi va maktab repertuari: O‘quv qo‘llanma. Toshkent: B.53-55.

Sickler-Voigt, D. (2023). STEAM teaching and learning through the arts and design. pp. 45–48New York: Routledge.

Mustafoyev, B. Musiqa o‘qitish metodikasi. Toshkent: B. 7-9.

Chernigovskaya, T. V. (2020). Музыка и мозг: Нейропсихологический взгляд на творчество. Вопросы психолингвистики, 44(2), B.15–25.

Загрузки

Опубликован

2025-10-20

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

1 2 > >>