XIX-XX ASR XORAZM ADABIY MUHITINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI HAMDA ADABIYOTSHUNOSLIKDA KAMOLIY IJODINING TADQIQ ETILISHI
Abstract
Istiqlol davri matnshunosligida XIX asr va XX asr boshlari Xorazm adabiy muhitida yashab ijod qilgan ijodkorlar adabiy merosi tadqiqi borasida miqyosi baland ishlar amalga oshirildi, oshirilmoqda. Turli ijodkorlarning lirik merosi, adabiy asarlari adabiyotshunoslik va matnshunoslik yuzasidan tadqiqot ishlari amalga oshirildi va nashrlardan chiqdi. Lekin bu davr adabiyotida tadqiqotchilarini kutayotgan mavzular va asarlar talaygina ekani va hali hammasi o‘rganilmaganligi ham ayni haqiqatdir. Bu orqali “...Avvalo xalqimizning yaratuvchilik dahosi bilan bunyod etilgan noyob merosini har tomonlama chuqur o‘rganish, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlarning hayoti va ilmiy-ijodiy faoliyati haqida yaxlit tasavvur uyg‘otish, yosh avlodni gumanistik g‘oyalar, milliy g‘urur va iftixor ruhida tarbiyalashdek ezgu maqsadlar ko‘zda tutilgan”[1:4]. Salmoqli adabiy merosi bilan o‘zbek mumtoz she’riyati xazinasiga munosib hissa qo‘shgan ana shunday ijodkorlardan biri Otanazar Kamoliy hayoti va ijodiy merosi ham monografik ko‘lamda o‘rganilgan emas. Vaholanki, Otanazar Kamoliy adabiy merosining mamlakatimiz va xorijda fondlarida mavjud qo‘lyozma va toshbosma manbalari, hamda arxiv hujjatlarini matniy-qiyosiy tadqiq etish asosida shoir nazmiy asarlarini matnshunoslik va adabiy manbashunoslik erishgan bugungi yutuqlari asosida qayta tadqiq qilish zarurati mavjud. Kamoliyning diniy-ma’rifiy va ijtimoiy mavzularni qamrab olgan katta hajmdagi lirik asarlari e’tibordan chetda qolib kelgan. Shunga ko‘ra, shoir nazmiy asarlarining matn tarixi va tahriri masalasini o‘rganishga katta ehtiyoj bor.
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 Sharofiddin Jalilov

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.
Litsenziya shartlari
Bu ish Creative Commons Attribution-NoCommercial 4.0 xalqaro litsenziyasi ostida litsenziyalangan. Ushbu litsenziya nusxasini koʻrish uchun http://creativecommons.org/licenses/by-nc/4.0/ saytiga tashrif buyuring yoki Creative Commons, PO Box 1866, Mountain View, CA 94042, AQShga xat yuboring.
Ushbu litsenziyaga muvofiq, siz:
Ulashish — materialni istalgan vosita yoki formatda nusxalash va qayta tarqatish
Moslashtiring - remiks qiling, o'zgartiring va materialga asoslang
Litsenziya shartlariga rioya qilgan holda litsenziar ushbu erkinliklarni bekor qila olmaydi. Quyidagi shartlar asosida:
Atribut - Siz tegishli kredit berishingiz, litsenziyaga havolani taqdim etishingiz va o'zgartirishlar kiritilganligini ko'rsatishingiz kerak. Siz buni har qanday oqilona yo'l bilan qilishingiz mumkin, lekin litsenziar sizni yoki sizning foydalanishingizni ma'qullashini taklif qiladigan tarzda emas.
Notijorat - Siz materialdan tijorat maqsadlarida foydalana olmaysiz.
Hech qanday qo'shimcha cheklovlar yo'q - Siz boshqalarga litsenziya ruxsat bergan har qanday harakatni qonuniy ravishda cheklaydigan qonuniy shartlar yoki texnologik choralarni qo'llay olmaysiz.