IBN SINONING HAYOT YO‘LI VA ILMIY MEROSI: AVTOBIOGRAFIK XOTIRALAR HAMDA JUZJONIY BAYONLARI

Authors

  • abdurauf abdurauf

Abstract

Ushbu maqolada Abu Ali ibn Sinoning o‘z tilidan bayon qilingan xotiralari (Abu Ubayd al-Juzjoniy tomonidan yozib olinib, oqqa ko‘chirilgan) hamda Juzjoniyning ustozi haqida yozgan bayoni asosida allomaning hayot yo‘li, ilmiy-ijodiy faoliyati va ilmiy merosi izchil yoritiladi. Xotiralarda erta ta’lim, ustoz-shogird munosabati, mustaqil mutolaa va sharhlar orqali bilimni chuqurlashtirish, shuningdek tajriba va mashaqqatli mehnat intizomi asosiy tayanch omillar sifatida ko‘rinadi. Juzjoniy bayonida esa siyosiy beqarorlik, saroy xizmati, safarlar va sinovlar fonida ham ilmiy ijodning uzluksiz davom etishi, “Ash-Shifo”, “Al-Qonun” kabi yirik asarlarning yaratilish muhiti hamda asarlar ro‘yxati orqali meros ko‘lami dalillanadi. Maqola natijasida mazkur tarjimai hol manbalari Ibn Sinoning shaxsiy taqdiri va ilmiy merosini bir butun manzara sifatida ochib beruvchi ishonchli asos ekani ko‘rsatib beriladi.

Published

2026-05-17

Most read articles by the same author(s)

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >>