MAKTABGACHA TA’LIMDA GENDER IDENTIFIKATSIYASINI QADRIYATLARGA ASOSLANGAN HOLDA SHAKLLANTIRISHDA SUN’IY INTELLEKTNING O‘RNI
Abstract
Ushbu tadqiqot maktabgacha ta’lim jarayonida gender identifikatsiyasini qadriyatlarga asoslangan holda shakllantirish masalasiga bag‘ishlangan. Tadqiqotning maqsadi – bolalarda jinsiy rollarni to‘g‘ri anglash, ijobiy gender stereotiplarini shakllantirish hamda bu jarayonda sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish yo‘llarini aniqlashdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda gender stereotiplari ko‘pincha salbiy yoki noto‘g‘ri shaklda namoyon bo‘lishi mumkin. Muammo shundaki, texnologik rivojlanish sharoitida bolalarda jinsiy rol va qadriyatlarga asoslangan stereotiplarning buzilishi, milliy qadriyatlarga zid kontentning tarqalishi va noto‘g‘ri algoritmlar orqali stereotiplarning shakllanishi xavfi mavjud.
Maqolada nazariy tahlil, huquqiy hujjatlarni o‘rganish, pedagogik kuzatish va xorijiy manbalarni solishtirish metodlaridan foydalanilgan. Shuningdek, sun’iy intellekt vositalarining ta’limiy imkoniyatlari pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilingan.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, qadriyatlarga asoslangan gender stereotiplarini shakllantirish bolada ijobiy ijtimoiy moslashuvni ta’minlaydi. Sun’iy intellekt yordamida interaktiv dasturlar, individuallashtirilgan topshiriqlar va virtual yordamchilar orqali bolalarning jinsiy rollari ijobiy namunalarda mustahkamlanishi mumkin. Shu bilan birga, SI vositalaridan foydalanishda milliy qadriyatlarga zid kontentni cheklash, bolalarning texnologiyaga qaramligini oldini olish va stereotiplarni noto‘g‘ri shakllantiruvchi algoritmlarni nazorat qilish zarur.
Tadqiqot xulosasiga ko‘ra, maktabgacha ta’limda gender identifikatsiyasi bolaning shaxsiy rivojida muhim omil hisoblanadi. Sun’iy intellekt esa bu jarayonni samarali tashkil etishda qudratli vosita bo‘la oladi, biroq u milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan holda nazorat ostida qo‘llanishi kerak. Amaliy tavsiya sifatida – pedagoglar va ota-onalar SI vositalaridan foydalanishda faol nazoratni amalga oshirishlari, qadriyatlarga asoslangan ijobiy gender stereotiplarini shakllantirishda SI imkoniyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirishlari lozim.
References
NEC. (2023). Gender stereotypes and expectations in early childhood education. https://www.nec.edu/wp-content/uploads/2023/11/6.-Gender-Stereotypes-and-Expectations-in-Early-Childhood-Education_Final.pdf
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi. (2022-yil 13-may). 2022–2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish milliy dasturi. https://www.uzedu.uz/en/news/451
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2022-yil 1-mart). Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida (PF-81-son Farmon). https://president.uz/oz/lists/view/5057
Razzoqova, M. (2024). Maktabgacha yoshdagi bolalarda gender identifikatsiyasini shakllantirishning ahamiyati. Nordic_Press, 2(0002).
Razzoqova, M. (2025). Maktabgacha yoshdagi bolalarda gender identifikatsiyasi muammosini o‘rganish nazariyasi. Nordic_Press, 7(0007).
Trying Together. (2023). Gender identity development in early childhood. https://tryingtogether.org/dap/gender-identity-development-in-early-childhood
“2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi.” (2024-yil 10-fevral). SQ-875-IV-son qaror. LexUZ. https://lex.uz/docs/-6855158
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 Mahliyo Razzoqova

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.
Litsenziya shartlari
Bu ish Creative Commons Attribution-NoCommercial 4.0 xalqaro litsenziyasi ostida litsenziyalangan. Ushbu litsenziya nusxasini koʻrish uchun http://creativecommons.org/licenses/by-nc/4.0/ saytiga tashrif buyuring yoki Creative Commons, PO Box 1866, Mountain View, CA 94042, AQShga xat yuboring.
Ushbu litsenziyaga muvofiq, siz:
Ulashish — materialni istalgan vosita yoki formatda nusxalash va qayta tarqatish
Moslashtiring - remiks qiling, o'zgartiring va materialga asoslang
Litsenziya shartlariga rioya qilgan holda litsenziar ushbu erkinliklarni bekor qila olmaydi. Quyidagi shartlar asosida:
Atribut - Siz tegishli kredit berishingiz, litsenziyaga havolani taqdim etishingiz va o'zgartirishlar kiritilganligini ko'rsatishingiz kerak. Siz buni har qanday oqilona yo'l bilan qilishingiz mumkin, lekin litsenziar sizni yoki sizning foydalanishingizni ma'qullashini taklif qiladigan tarzda emas.
Notijorat - Siz materialdan tijorat maqsadlarida foydalana olmaysiz.
Hech qanday qo'shimcha cheklovlar yo'q - Siz boshqalarga litsenziya ruxsat bergan har qanday harakatni qonuniy ravishda cheklaydigan qonuniy shartlar yoki texnologik choralarni qo'llay olmaysiz.