“BADOYI’ UL-BIDOYA”DA OBRAZ VA JANRLAR UYG‘UNLIGI

Авторы

  • Aziza Muratova Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU

Аннотация

Mazkur maqolada Alisher Navoiy devonlaridan biri – “Badoyiʼ ul-bidoya” badiiy-falsafiy jihatdan tahlil qilinadi. Yusuf (a.s.) obrazi misolida g‘azal va muammo janrlarining poetik imkoniyatlari yoritilib, ularning uyg‘unligi Navoiy ijodiy kamolotida muhim omil sifatida baholanadi. Maqolada 16 ta g‘azal va 1ta muammo tarkibida qo‘llangan tazod, istiora, tashbeh va tajnis kabi badiiy san’atlar mazmun va g‘oyalarni chuqurlashtiruvchi vosita sifatida izohlanadi. Shuningdek, Yusuf (a.s.) timsoli orqali go‘zallik, sabr, sadoqat va ilohiy hikmatning ifodalanishi diniy rivoyatning poetik talqinga aylanganini ko‘rsatadi. Natijada, Navoiy turkiy adabiyotda obraz va janr uyg‘unligi asosida yangi badiiy-falsafiy an’ana yaratgani ilmiy xulosalanadi.

Библиографические ссылки

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur – Toshkent, 2001. – 483 b.

Obidov R. Payg‘ambarlar tarixi islomiyat tarixidir. Birinchi kitob. – T.: Movarounnahr, 2005. – 131 b.

Алишер Навоий. Бадойиъ ул-бидоя. Мукаммал aсарлар тўплами. Йигирма томлик. Биринчи том. – Т.: Фан, 1987. – 689 б.

Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. 4 томлик. – T.: Фан, 1983. – 656 б.

Давлатов О. Алишер Навоий шеъриятида қуръон оятлари ва ҳадисларнинг бадиий талқини. Филол. фан. бўй. фалс. док. (PhD) ...дисс. – Самарқанд, 2017. – 160 б.

Зоҳидов Л. Алишер Навоий ижодида муаммо жанри. – Т.: Фан, 1986. – 68 б.

Загрузки

Опубликован

2025-10-20