MAKTABGACHA TAYYORLOV GURUHI BOLALARIDA IJODIY KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISHDA SUN’IY INTELLEKT ASOSIDAGI O‘YIN VA VIZUAL TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Авторы

  • Maftuna Egamberdiyeva Xalqaro Nordik universiteti

Аннотация

Mazkur maqolada maktabgacha tayyorlov guruhi bolalarida ijodiy kompetensiyani shakllantirishda sun’iy intellekt texnologiyalarining o‘rni keng yoritilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi – maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning kreativ fikrlashi va ijodkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi innovatsion vositalarni aniqlash, ularning psixologik-pedagogik mexanizmlarini tahlil qilishdan iborat. Maqolada sun’iy intellekt asosidagi o‘yin dasturlari, vizual multimedia ilovalari, virtual muhitlar va interaktiv modullar orqali ijodiy faoliyatni faollashtirish yo‘llari ilmiy nuqtai nazardan asoslangan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, AI vositalari yordamida tashkil etilgan o‘yinli o‘quv muhiti bolalarning mustaqil fikrlashi, estetik didi va muammoli vaziyatlarda nostandart yechim topish ko‘nikmalarini samarali rivojlantiradi.

Bundan tashqari, maqolada ta’limda sun’iy intellektdan foydalanishning etik va milliy qadriyatlarga mos yondashuvlari haqida ham fikr yuritiladi. AI texnologiyalari o‘yin shaklida berilgan topshiriqlar orqali bolalarda ijobiy emotsional tajriba yaratadi, bu esa ularning ijodiy kompetensiyasini tabiiy shaklda faollashtiradi.

Библиографические ссылки

Vygotsky, L. S. (1934). Imagination and Creativity in Childhood. Moscow.

Torrance, E. P. (1974). Torrance Tests of Creative Thinking. Scholastic Testing Service.

Montessori, M. (1967). The Absorbent Mind. Holt, Rinehart and Winston.

Google for Education (2024). Artificial Intelligence Tools for Creative Learning.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2022). Xalq ta’limini rivojlantirish milliy dasturi.

NEC (2023). AI in Early Education: Interactive Learning Tools for Children.

Egamberdiyeva M.K. (2025). Sun’iy intellekt asosidagi o‘yinlarning bolalar ijodiy tafakkuriga ta’siri. Nordic_Press.

Загрузки

Опубликован

2025-10-20