INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYACHI-PEDAGOG TALABALARDA IJODIY KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISH

Авторы

  • Nilufar Berdiyorova Xalqaro Nordik universiteti

Аннотация

Mazkur maqolada innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachi-pedagog talabalarda ijodiy kompetensiyani rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilingan. Ijodiy kompetensiya tushunchasi, uning tarkibiy qismlari hamda kasbiy faoliyatdagi o‘rni ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, loyiha asosida ta’lim, STEAM-integratsiya, muammoli o‘qitish, raqamli texnologiyalar va interfaol metodlarning talabalarda kreativ tafakkurni rivojlantirishdagi roli ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalari bo‘lajak tarbiyachilarning pedagogik jarayonda yangicha fikrlash, muammolarni noodatiy yecha olish hamda maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda innovatsion texnologiyalarni qo‘llashga tayyorligini oshirishga xizmat qiladi.

Bugungi kunda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar innovatsion texnologiyalarni joriy etishni, shuningdek, bo‘lajak pedagoglarda ijodiy kompetensiyani shakllantirishni talab etmoqda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachi-pedagoglari jamiyatning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lib, ularning kasbiy tayyorgarligi kelajak avlodning intellektual va ma’naviy rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Библиографические ссылки

Craft, A. (2019). Creativity in education: Teaching and learning in a changing world (2nd ed.). Routledge.

Fullan, M. (2020). The new meaning of educational change (5th ed.). Teachers College Press.

Mirziyoyev, Sh. M. (2019). Yosh avlod tarbiyasi va maktabgacha ta’limning ustuvor vazifalari haqidagi nutq. O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi. (2020). Ta’lim to‘g‘risida Qonuni (O‘RQ-637-son). https://lex.uz/docs/5013007

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. (2019). Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (PQ-4312-son qaror). https://lex.uz/docs/4381944

Xodjayeva, G. A. (2021). Pedagogik innovatsiyalar va ularning ta’lim jarayoniga tatbiqi. Toshkent: O‘qituvchi.

Berdiyorova, N. (2025). INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA TALABALARDA IJODIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI . Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 5(8), 310–314. https://doi.org/10.47390/SPR1342V5I8Y2025N46

Загрузки

Опубликован

2025-10-20

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

1 2 3 > >>