BOBUR – HARBIY SARKARDA, TADBIRKOR, ADOLATLI VA SAXOVATLI HUKMDOR

Авторы

  • Muhammadqosim Olimov

Аннотация

Mazkur maqolada Boburning lashkarboshi sifatida ishtirok etgan janglari, qo‘shin tuzilishi, harbiy san’ati to‘g‘risida tafsilotlar berilgan bo‘lib, ular orqali Temuriylar davri harbiy san’atiga daxldor ko‘plab ma’lumotlar bilan tanishish mumkin. Maqolada Boburning Farg‘ona, Samarqand, Kobul saltanatidagi hukmronligi, Hindistonni zabt etish yuzasidan amalga oshirgan harakatlari yoritib berilgan.

Bobur Hindistonni qo‘lga kiritganidan so‘ng, juda katta bunyodkorlik ishlarini amalga oshirdi, ariq - kanallar qazdirdi, bog‘ - rog‘lar bunyod etdi, muhtasham imoratlar tikladi.

Bobur mirzo tabiatan adolatli va saxovatpesha inson bo‘lgan, uni saltanat barpo etishdan asosiy maqsadi xalq xizmati, ezgu - amallarni ado etish, islom dini qadriyatlarini avaylab - asrash, adolatni o‘rnatish va xayr - saxovatni amalga oshirishdan iborat bo‘lgan.

Bobur mamlakat kuch - qudratini mustahkamlashda ishtirok etgan saroy a’yonlari va beklari, lashkar va navkarlari, qurilish va obodonchilik ishlarida band bo‘lganlarni mehnat va ranjini inobatga olib,  ularga hadya, in’om va sovg‘alar berib borgan, bu ulug‘ hukmdorning bag‘rikengligi va saxovatidan dalolat edi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, Bobur mirzo yirik davlat arbobi, salohiyatli lashkarboshi, saxovatli va adolatli hukmdor sifatida nom qoldirgan shaxs sanaladi.

Загрузки

Опубликован

2026-05-17