YALPI ICHKI MAHSULOT DINAMIKASIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNI TAHLIL QILISH: EMPIRIK TAHLIL

Авторы

  • Solihabonu Qutbiddinova Xalqaro Nordik universiteti
  • Usmonjon Habibjonov Xalqaro Nordik universiteti

Аннотация

Ushbu tadqiqotda O’zbekiston iqtisodiyotining o’sishiga ta’sir ko’rsatuvchi turli makroiqtisodiy ko’rsatkichlar hamda ularning Yalpi ichki mahsulot (YaIM) bilan o’zaro bog’liqligi o’rganilgan. Empirik tahlil davomida asosiy omillar sifatida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar (FDI), qurilish ishlari hajmi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi, qishloq xo’jaligi mahsulotlari umumiy hajmi, tug’ilishlar soni, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromadlar va transport xizmatlari hajmi kabi ko’rsatkichlarning YaIM dinamikasiga ta’siri aniqlanib, ularning iqtisodiy o’sishdagi o’rni miqdoriy jihatdan baholangan. Statistik va ekonometrik uslublar asosida o’zgaruvchilar o’rtasidagi korrelyatsiya kuchi hamda yo’nalishi tahlil qilinib, har bir omilning iqtisodiy o’sishga qo’shgan hissasi aniqlangan. Tadqiqot natijalari siyosat ishlab chiquvchilar uchun barqaror iqtisodiy rivojlanish va YaIMning izchil o’sishini ta’minlash bo’yicha samarali strategiyalarni ishlab chiqishda muhim amaliy ahamiyatga ega.

Библиографические ссылки

N. Adam and A. Alzuman, «Effect of per capita income, GDP growth, FDI, sectoral composition, and domestic credit on employment patterns in GCC countries: GMM and OLS approaches,» Economies, т. 12, № 11, pp. 315-321, 2025.

W. Alaloul, «Assessment of economic sustainability in the construction sector: evidence from three developed countries (the USA, China, and the UK),» Sustainability, т. 14, № 10, p. 6326., 2022.

Y. Zhang и L. Cheng, «The role of transport infrastructure in economic growth: Empirical evidence in the UK,» Transport Policy, т. 133, pp. 223-233, 2023.

A. Suyunov, «Do foreign direct investments and bank credits affect employment in Uzbekistan?,» Journal of Economics and Development, т. 24, № 2, pp. 98-111, 2022.

«O'zbekiston Respublikasi milliy statistika qo'mitasi,» 1, Tashkent, 2025.

A. Ishnazarov и H. Sabirov, Ekonometrikada amaliy paketlar, Tashkent: 978-9943-7665-0-1, 2021.

K. Sabirov, Ekonometrika II, Tashkent: 978-9943-8049-3-7, 2022.

N. Raximov, EKONOMETRIKAGA KIRISH, Tashkent, 2023.

D. Toshpo'latov, Ekonometrikadan amaliy mashg'ulotlar, Toshkent: 978-9910-769-67-2, 2024.

Загрузки

Опубликован

2025-11-10