BAXTIQARO KERRI ROMANIDA SHAXSNING TOVARLAR OLAMI ORQALI QAYTA SHAKLLANISHI

Авторы

  • Navruzbek Soybnazarov

Аннотация

Mazkur maqolada Baxtiqaro Kerri romani XIX asr oxiri va XX asr boshlarida AQShda jadallashgan industrializatsiya va urbanizatsiya jarayonlari bilan uzviy bog‘liq holda tahlil qilinadi. Stanley Korkin talqiniga ko‘ra, ayni tarixiy bosqichda mehnat, insoniy munosabatlar va o‘zlik haqidagi tasavvurlar tubdan o‘zgarib, narsalar hamda tovarlar shaxsni anglashning muhim vositasiga aylangan. Maqolada roman qahramonlari, xususan Kerri, Druet va Harstvud obrazlarining tashqi ko‘rinish, moddiy imkoniyat va ijtimoiy foydalilik mezonlari asosida talqin qilinishi ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, Drayzer romanining poetik hamda narrativ tuzilishi ham ayni obyektlashgan dunyoqarashni mustahkamlashi ilmiy asosda yoritiladi. Natijada Baxtiqaro Kerri faqat axloqiy inqiroz romani sifatida emas, balki industrial jamiyat sharoitida shaxsning tovarlar va ijtimoiy funksiyalar tizimi orqali qayta shakllanishini ifodalovchi naturalistik matn sifatida baholanadi.

Загрузки

Опубликован

2026-05-17