QADIM TURKIY SHE’RIYAT ABDUQODIR HAYITMETOV TALQINIDA

Авторы

  • Shavkat Hayitov Buxoro davlat universiteti
  • Munisa Boymurodova Buxoro davlat universiteti

Аннотация

Filologiya fanlari doktori, professor, ilk marta Beruniy nomidagi davlat mukofoti sovrindori ustoz Abduqodir Hayitmetovning tadqiqotlarida XI asrning yirik folklorshunos va  adabiyotshunos olimi Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘otit turk” asari tarkibidagi  qadim turkiy she’riyat namunalari, qadimgi ajdodlarimizning his-tuyg‘ularini, ma’naviy dunyosini she’riy til bilan xalqchil va realistik uslubda tasvirlashga, inson ruhiyatidagi holatlarni aniq yoritishga , haqqoniy, haqiqiy lavhalar yaratishga asos bo‘lgan badiyat durdonalari sifatida talqin qilinadi. Xususan, zukko olimning “Hayotbaxsh chashma” kitobidan o‘rin olgan, “Qadim turkiy she’riyat haqida” sarlavhasi ostidagi tadqiqotida xalqimiz ma’rifati va madaniyatining ildizi chuqurligi, qadim tarixning qudrati mustahkamligi va hayotbaxshligi qadim turkiy she’riyat namunalarini chuqur g‘oyaviy-badiiy tahlil qilib berish orqali isbotlab berilgan.  Maqolada ustoz olim qalamiga mansub “Qadim turkiy she’riyat” haqidagi tadqiqotning ilmiy qimmati haqida mulohaza yuritilgan.

Загрузки

Опубликован

2026-05-17