TEMURIYLAR DAVRI VA ALISHER NAVOIY FENOMENI

Авторы

  • Jabbor Eshonqulov filologiya fanlari doktori, professor

Аннотация

Alisher Navoiy oʻzidan ulkan bir meros qoldirgan, badiiy soʻz san’atini eng yuksak choʻqqilarga olib chiqqan buyuk san’atkordir. Uning asarlarida biz insoniyat tamadduni erishgan barcha yutuqlarni, tarixiy shaxslarni, tarixiy voqyelikni, inson ruhiyatning nozik qirralarini keng polotnolarda, yuksak badiiyat va zoʻr mahorat bilan tasvirlanganining guvohi boʻlamiz. Shuning uchun Alisher Navoiy oʻz davrininggina emas, balki jahoniy koʻlam kasb etgan dunyo shoiri, jahon adabiyotining eng yetuk namoyondasidir.

Navoiyning har bir asari jasorat timsolidir. Uning she’riyati ham, “Xamsa”si, ilmiy, tarixiy asarlari ham yuksak badiiy tafakkur namunasi, ijodkorlik namunasidir. Navoiy asarlari uning merosini oʻrganish uchungina emas, balki oʻsha davr adabiy muhiti, millat badiiy tafakkur tarixini oʻrganishda ham muhim manba boʻlib xizmat qiladi. Alisher Navoiy fenomini anglash uchun temuruylar davridagi san’at, madaniyat, millat tafakkuridagi evrilishlarni chuqur tadqiq etish lozim boʻladi.

Загрузки

Опубликован

2026-05-17