“YANGI SAODAT” MILLIY ROMANIDA JADIDCHILIK G‘OYALARINING BADIIY IFODASI

Авторы

  • Sitora Shirinova ToshDO‘TAU

Аннотация

XIX – asr oxiri – XX asr boshlari Turkiston tarixiga ijtimoy –siyosiy o‘zgarishlar, madaniy yangilanishlar davri bo‘lib kirib keldi. Milliy uyg’onish harakatining vujudga kelishi esa uning zamirida yangi o‘zbek adabiyotining yuzaga kelishiga vosita vazifasini o‘tadi. Mustamlakachilik siyosatining xalq ongi,  tafakkuri, dini va qadriyatlariga nechog’li aks ta’sir etayotganini ko‘rgan xalqning ziyoli qatlam vakillari ma’rifatsizlik, jaholatning tubsiz qa’ridan xalq kelajagini omon saqlamoq uchun kurashga bel bog’ladilar. Ular jadidlar sifatida adabiyot, matbuot va teatrning ahamiyatini anglab, xalq orasida eskicha qarashlardan holi, yangi tur va janrlar bilan boyitilgan adabiyotni, sho‘ro mustabid tuzumining siyosiy gazetalari o‘rniga “Taraqqiy”, “Xurshid”, “Oyna” kabi gazeta – jurnallarni, teatrda esa sahna asarlarini yorita boshladilar. Ular ichida shoir, dramaturg, yozuvchi, aktyor va pedagog hisoblangan jadid ma’rifatparvari Hamza Hakimzoda Niyoziyning o‘rni va xizmati beqiyosdir. Ushbu maqolada Hamzaning nasriy asarlaridan biri “Yangi saodat” milliy romanida jadidchilik g’oyalarining tasviri, badiiyati va ahamiyati haqida so‘z boradi.

Библиографические ссылки

Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. – Тошкент: “Ўзбекистон”, 2002.

Ёқубов. И. Ўзбек романи тадрижи. Тошкент: “Fan va texnologiya”, 2006.

Наим Каримов. ХХ аср адабиёти манзаралари. Биринчи китоб. – Тошкент: “Ўзбекистон”, 2008.

Қосимов Б. Миллий уйғониш: жасорат, маьрифат, фидойилик. – Тошкент: Маънавият, 2002.

Sanjar Sodiq. Yangi o‘zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: “O‘qituvchi” NMIU, 2019.

Загрузки

Опубликован

2025-10-20