KARYERA PSIXOLOGIYASI VA SUNʼIY INTELLEKT: SHAXSIY MUVAFFAQIYATNI QAYTA TALQIN QILISH

Авторы

  • Muslima Abdumannobova Xalqaro Nordik universiteti

Аннотация

Mazkur tadqiqotda iqtisodiy psixologiya, sunʼiy intellekt va insoniy munosabatlar kesishmasida shaxsning muvaffaqiyat omillari va rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi. Raqamli transformatsiya va texnologik taraqqiyot sharoitida inson qaror qabul qilish jarayonining murakkablashuvi yangi nazariy yondashuvlarni talab etmoqda. Tadqiqotda nazariy-analitik metodlar, iqtisodiy psixologiya va xulq-atvor iqtisodiyoti nazariyalari hamda ilgʻor xorijiy manbalardan olingan ilmiy qarashlar tahlil qilindi. Olingan natijalar shuni koʻrsatadiki, sunʼiy intellekt vositalari inson qaror qabul qilish jarayonida kognitiv cheklovlarni kamaytirib, samaradorlikni oshirishi mumkin, biroq notoʻgʻri maʼlumotlar asosida qaror qabul qilish xavfini ham orttiradi. Tadqiqot asosida shaxsning muvaffaqiyat omillarini chuqurroq oʻrganish hamda sunʼiy intellektni insoniy qaror qabul qilishda yordamchi vosita sifatida qoʻllash boʻyicha nazariy tavsiyalar ishlab chiqildi.

Библиографические ссылки

Kahneman, D., & Tversky, A. (1979). Prospect theory: An analysis of decision under risk. Econometrica, 47(2), 263–291.

Thaler, R. H. (2015). Misbehaving: The making of behavioral economics. New York: W.W. Norton & Company.

Maslow, A. H. (1954). Motivation and personality. New York: Harper & Row.

McClelland, D. C. (1961). The achieving society. Princeton, NJ: Van Nostrand.

Allport, G. W. (1937). Personality: A psychological interpretation. New York: Holt.

Загрузки

Опубликован

2025-10-20