KONSEPTUAL JADVAL VA GRAFIK ORGANAYZERLARDAN FOYDALANISH YUZASIDAN XORIJ TAJRIBALAR TALQINI VA QIYOSIY TAHLILI

Авторы

  • Shaxrizoda G‘ofurova Andijon davlat universiteti

Аннотация

Maqolada konseptual jadval va grafik organayzerlardan foydalanishning nazariy-metodologik asoslari hamda xorijiy ta’lim tizimlaridagi amaliyotlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda AQSh, Finlyandiya va Janubiy Koreya tajribalarining o‘xshash va farqli jihatlari ilmiy nuqtayi nazardan ko‘rib chiqilib, ularning o‘quvchilarda tanqidiy, ijodiy va analitik tafakkurni rivojlantirishdagi o‘rni aniqlangan. Grafik organayzerlardan foydalanish ta’lim jarayonida bilimlarni mantiqiy tizimlashtirish, fanlararo aloqalarni mustahkamlash va mustaqil izlanish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim vosita ekani isbotlangan.

Xalqaro tadqiqotlar natijalariga tayanib, maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimi uchun grafik orgonayzerlardan foydalanishning metodik tavsiyalari ishlab chiqilgan. Jumladan, ularni davlat ta’lim standartlariga integratsiya qilish, raqamli platformalarda qo‘llash va o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha amaliy takliflar berilgan. Ushbu yondashuv o‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini (kritik tafakkur, kreativlik, hamkorlik va kommunikatsiya) shakllantirish imkonini berishi bilan ahamiyatlidir.

Библиографические ссылки

Novak J.D., Cañas A.J. The Theory Underlying Concept Maps and How to Construct and Use Them. – Florida: Institute for Human and Machine Cognition, 2008. – 36 p.

Marzano R.J. The Art and Science of Teaching: A Comprehensive Framework for Effective Instruction. – Alexandria: ASCD, 2007. – 221 p.

Sahlberg P. Finnish Lessons 2.0: What Can the World Learn from Educational Change in Finland? – New York: Teachers College Press, 2015. – 264 p.

OECD. Education in Korea: Highlights. – Paris: OECD Publishing, 2021. – 142 p.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, 2020-yil 6-noyabr, PF–6108.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, 2021-yil 18-yanvar, PQ–187.

UNESCO. ICT Competency Framework for Teachers. – Paris: UNESCO, 2018. – 56 p.

Загрузки

Опубликован

2025-10-20